CYBER-BRO / Technologies

Vazifangizga mos kiberxavfsizlik mahsuloti.

Tahdid tahlili, qurilma va brauzer himoyasi, hisobot tayyorlash, kiberxabardorlik hamda ichki xavfsizlik siyosati uchun yettita mahsulot. Har biri alohida amaliy vazifaga yo‘naltirilgan.

/ Mahsulotlar
01 — Yechimlar / Mahsulotlar

O‘z texnologiyalarimiz.Sizning himoyangiz.

Mahsulotlarimizni aniq xavfsizlik vazifalari uchun ishlab chiqamiz: tashqi tahdidlarni kuzatish, qurilmalarni tekshirish va topilmalarni amaliy qarorga aylantirish.

01 / 07 Tashqi tahdidlar

Threat Intelligence

Kompaniyangiz nomi, domenlari va hisob ma’lumotlariga bog‘liq tashqi tahdidlarni kuzatamiz. Topilmalarni tahlil qilib, jamoangiz qaysi xavfga avval javob berishi kerakligini tushuntiramiz.

02 / 07 Windows xavfsizligi

SentinelBRO

Windows qurilmalaridagi zaifliklar va xavfsizlik sozlamalarini tekshiradi. Yangilanishlar, jarayonlar va shubhali faollikni baholab, tushunarli hisobot beradi.

03 / 07 Hisobot va dalillar

CYBER ORS

Veb xavfsizlik tekshiruvi natijalarini tartibli hisobotga jamlaydi. Zaiflik dalili, xavf bahosi va tuzatish tavsiyasini bir joyda ko‘rsatadi.

04 / 07 Mobil xavfsizlik

AVANGARD MSS

Android qurilmalarida ilovalarni tekshirish, xavfli domenlarni cheklash va parollarni qurilmada saqlash imkonini beradi.

05 / 07 Brauzer xavfsizligi

Ogohlantiraman

Chrome brauzerida saytning texnik belgilarini tushunarli ko‘rsatadi va ma’lumot kiritishdan oldin xavflarni anglashga yordam beradi.

06 / 07O‘zbek tilida kiberxabardorlik

CYBER AWARENESS

CYBER AWARENESS — yangi zaifliklar, hujumlar va tadqiqotlarni o‘zbek tilidagi tushunarli himoya qadamlariga aylantiradigan bepul platforma.

07 / 07CYBER POLICY / Siyosat generatori

CYBERPOL

CYBERPOL — zamonaviy kibertahdidlarga javob beradigan ichki kiberxavfsizlik siyosatini tayyorlash uchun CYBER-BRO ishlab chiqqan generator portali.

Mahsulotlar bo‘yicha maslahat

Vazifangizni yozing — murojaatingizni ko‘rib chiqib, siz bilan bog‘lanamiz. Muhim tizimlar, mavjud xavflar va kutilayotgan natijani aniqlab, mos yechimni taklif qilamiz.

Murojaat yuborish

CYBER-BRO / Incident Response

Insident haqida xabar bering.

Parol, maxfiy kalit yoki shaxsiy ma’lumotlar bazasini yubormang. Vaziyatni qisqacha tushuntiring.