O’zbekiston kibersarhadlarida mudofaani ta’minlaymiz

Jamoamiz yuqori tajribali milliy, vatanparvar kadrlar va amaliy natijalarga ega professional mutaxassislardan tashkil topgan. Maqsadimiz kibermakonda kiber xujumlardan kuchli ximoyani har bir tashkilot va davlat sektorida mukammal shakllantirish, zamonaviy bilimlarni tadbiq qilish va o’rgatish!

360° xavfsizlik tekshiruvi
Konsalting xizmatlari

Kibertahdidlardan ximoyalashning zamonaviy va keskin xujumkor amaliyotga asoslangan holda tekshirish.

Biz xar bir mijozimiz infratuzilmalarini real kiber xujumchilar ssenariylari asosida va xalqaro standartlardan “CBEST, TIBER-EU, iCAST” namunalar olgan holda, ularga mos tarzda qonuniy tekshiruvdan o’tkazamiz.

Mutaxassislarimiz tomonidan amalga oshiriladigan kiber mashg’ulotlar esa xodimlaringiz bilim va ko’nikmalarini doimiy yangilanib, eng oxirgi xujum turlaridan xabardor bo’lishini ta’minlaydi.

Targeted Attack Simulation / Maqsadli hujum simulyatsiyasi (TAS) bu qizil va ko’k rangli jamoalarining moslashtirilgan xujum metodologiyasidir. TAS ga asoslangan mashqlar maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, motivlari va vositalari tashkilotingizga xos bo’lgan ma’lum bir APT (advanced persistent threat) guruhining harakatlarini haqiqiy tarzda takrorlaydi.

Bularning barchasi sizda haqiqiy kiberqalqon shakllantirish va real xujumlarni qaytara olish imkoniyatini beradi.

Har qanday obyektda kiber immunitet, kibergigiena, kiber mudofaa qalqonlarini yaratish va xodimlaringiz savodxonligini oshirishni davomli va mavsumiy yo’lga qo’yamiz.

10 yildan oshiq xalqaro tajribaga ega mutaxassislarimiz tashkilotingiz va xodimlaringizni doimiy, mavsumiy va onlayn tarzda kiberxavfsizlikning turli sohalarini mukammal tarzda o’rgatishadi.

STAR-FS (Simulated Targeted Attack & Response for Financial Services) standarti bu moliyaviy amaliyotlar bilan shug’illanuvchi tashkilotlar, banklar va davlat sektori xodimlarida real bunday qatlamga yo’naltirilgan kiber xurujlardan saqlanish uchun o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqish va tayyorlashni talab qiladi. Dunyo bo’ylab amalga oshiriladigan kiber xujumlarning moliyaviy sektorga e’tibori alohida o’rin tutadi. Kiberjinoyatchilar xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar, mijozlar va hattoki maxsus xizmatlar nomidan bajariladigan turlicha xujum turlarini ishlab chiqishadi. Barcha bunday xujum ssenariylari kiberxavfsizlik kompaniyalari bazalarida shakllantirilib, doimiy yangilanib boriladi, jumladan bizda ham.

Kiberxavfsizlik sohasidagi professional xizmatlarimiz bilan tanishing

01

Red Team

Buyurtmachi infratuzilmalarini real kiber xujumlar asosida zamonaviy tahdidlarga chidamliligini tekshiramiz.

02

Blue Team

Tashkilotingiz infratuzilmasini ichkaridan turib xujumlarga bardoshliligi tekshiriladi, bunda xodimlaringiz va umumiy kiberxavfsizlik holatiga ham baho beriladi.

03

Academy

Zamonaviy kibertahdidlardan ximoyalanish uchun ularning qanday amalga oshirilishini mukammal tushinish zarur. Bunda bizning zamonaviy kiberakademiyamiz sizga yordam beradi.

04

Phishing test

Tashkilotingiz hodimlarini turli fishing, scam va spam xabarlar, ijtimoiy muhandislik xujum turlari orqali kiber gigienasi tekshiriladi va shakllantiriladi.

05

Secure SDLC – DevSecOps

SAST/DAST – Dasturchilar va ularning guruhi ishlarini muntazam auditlash va kodlardagi baglarni hali ishga tushmasidan oldin aniqlash.

06

RE – MA

Reverse engineering – Malware analysis. Dasturiy ta’minotdagi ojizliklarni oldindan aniqlash va zarar ko’rishidan oldin uni bartaraf etish, Zararli viruslarni tahlil qilish va aniqlash. Kibermakondagi zararli viruslar tahlilini amalga oshirish.

07

Cyber Intelligence

Kiber-hujumlar va yangi taktikalar ko’payishi bilan tajovuzkorlar tomonidan amalga oshirilgan zararli harakatlarni aniqlash tobora qiyinlashmoqda. CTI orqali biz har bir insidentni oldindan aniqlay olamiz.

08

ICS (SCADA)

Sanoat boshqaruv tizimlari. Davlatning muhim infratuzilma obektlari boshqaruv tizimlari hisoblanadi. APT-kiberjinoiy guruhlari uchun bunday obektlar ustuvor maqsad hisoblanad. Biz zaif nuqtalar va ojizlikni aniqlashda butun tizimni auditdan o’tkazamiz.

09

Cloud Security

AWS, Microsoft Azure, Google Cloud Platform, K8S, CI/CD, SRE va Container security texnologiyalari xavfsizligi yechimlari va auditini taqdim qilamiz.

CYBER-BRO Kompaniyasi

CYBER-BRO kompaniyasi

O’zbekiston kibermudofaasini ta’minlash va kibermakonda milliy manfaatlarimiz xafvsizligi uchun xizmat qiladi. Zamonaviy ishlanmalarimiz va yechimlarimiz sizni har qanday darajadagi kiber xujumlardan ximoyalay oladi.