CYBER BRO LLC kiberxavfsizlik sohasidagi xizmatlari
CYBER BRO LLC kiberxavfsizlik sohasidagi xizmatlari
Xavfsizligingizni Kiberxavfsizlik Sohasidagi Eng Ilg‘or Texnologiya Va Bilimlarga Ega O‘z Ishining Mutaxassislariga Topshiring!
Kiberxavfsizlik sohasidagi xizmatlarimiz
Kiberxavfsizlik xizmatlarimiz bilan, boshqaruv elementlari va operatsiyalaringizni xavfsiz rivojlantirishingizning eng yaxshi yechimini taklif qilamiz. Ehtiyojlaringizga moslashtirilgan, tasdiqlangan CYBER-BRO xizmatlaridan foydalaning. Quyida xizmatlarimiz haqida ko’proq bilib oling va maqsadlaringizga erishish uchun mutaxassislarimizga murojaat qiling.
Red Teaming | Infrastructure Targeted Attack Simulation
Red Teaming xizmatidan kutadigan bizning asosiy maqsadimiz – xodimlaringiz yoki xavfsizlik guruhingizning haqiqiy kiberhujumdan himoyalanishga tayyorligini, xuddi haqiqiy tajovuzkorlar kabi xavfsizlikning zaif tomonlaridan foydalanishga urinish orqali tekshirish. Xizmat ikki qismda “External Red Teaming” va “Internal Red Teaming” ga bo’linadi va keng qamrovli ikki tomonlama komplekt tekshiruvdan o’tkaziladi. Ushbu xizmat sizning tashkilotingiz kiberxavfsizlik holatini aniq faktlar bilan ko’rsatib beradi va har qanday aniqlangan ojizliklarni bartaraf qilishning komplekt yechimlarini taqdim qiladi.
Blue Teaming
Blue Team bu zamonaviy kiber xurujlardan ximoyalanishning eng ommabop tanlovidir. Ammo ko’pchilik bunday xavfsizlik tizimlarining notog’ri tashkillashtirilgani yoki umuman mavjud emasligi, xodimlar malakasining real praktikadagi xujumlarga asoslanmaganligi bunday tizimlarni falaj va foydasiz ekanini ko’rsatadi. Biz aynan shu bo’shliqni mukammal va malakali xodimlar bilan to’ldiramiz, o’qitamiz va xavfsizlik monitoringi markazini tashkilotingizda joylashtirib beramiz. Butun tizimdan foydalanish va uni boshqarishni xodimlaringizga o’qitamiz va doimiy qo’llab quvvatlaymiz.
SOC support
Security Operation Center Blue Teamning asosiy qismi bo’lib unga xizmat ko’rsatish va doimiy tahlillar olib borish zaruratini o’z zimmasiga oladi. Microsoft Sentinel, SIEM/SOAR, XDR, EDR, MDR, IDS/IPS va boshqa kiber tahdidlarni aniqlashning zamonaviy yechimlarini joriy qilishda amaliy yordam beramiz.
Incident investigation
Detection, response & investigation bu 3 termin kiberxavfsizlik sohasining eng muhim ustunlaridan bo’lib, Incident investigation qismi aynan kiber xujumga uchragan obektlarni o’rganish, aniqlash va qayta tiklash kabi muhim vazifalarni o’z ichiga oladi. Aniq konsepsiyalar sizga xujum qayerdan va qanday ojizlik sababli amalga oshirilganini aniq aytib bera oladi. Hammasi voqea sabablarini tahlil qilishdan boshlanadi so’ng Kiberkriminalistik tekshiruvi o’tkaziladi – bunda aniq izlar va sabablar aniqlanadi. Hodisalarga javob berish xizmati ushbu xizmatning eng oxirgi qismi bo’lib bu obyektda 24×7 holatida ma’lum muddatga joriy qilinadi.
Secure code review | SSDLC - DevSecOps
Ishlanmalaringiz va maxsulotingiz tuzilish kodlari ish faoliyatini boshlashidan oldin, tuzilish kodlarini ojizliklarga tekshirish va aniqlashni amalga oshiramiz. Avtomatlashtirilgan va sinchkovlik bilan ko’rib chiqish orqali birlashtirilgan ushbu jarayon, tajovuzkorlar xujum qilish imkoniyatiga ega bo’lgunga qadar kodga asoslangan zaifliklarning to’liq spektrini faol ravishda yo’q qilishni ta’minlaydi. Secure Software Development Lifecycle (SSDLC) va DevSecOps xizmatlarimiz ishlanmalaringizni xavfsizligini idea holatidayoq ta’minlaydi.
Comprehensive information security audit
Kengaytirilgan mudofaa uchun strategik kiberxavfsizlik auditi. Kompaniyangizda kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi politikasi, ichki tartib va sohani tartiblovchi qonunlarga muvofiqlashtirilganligi, xodimlarning kibergigiena qoidalariga rioya qilishi va xabardorligi, dasturiy ta’minot va tizimlarning to’g’ri ishlatilishi, xavfsizlik va himoya vositalarining mavjudligi kabi qator muhim boshlang’ich faktlar tekshiruvdan o’tkaziladi va tayyorlab beriladi.
Ensuring comprehensive information protection of automated process control systems (APCS) - Industrial Control Systems (ICS) - (SCADA)
Elektr, suv, transportdan tortib telekommunikatsiyagacha bo’lgan turli sohalarda sanoat nazorati va avtomatlashtirish tizimlarining to’g’ri ishlashiga qasddan aralashuvlarning oldini olish, ICS – Industrial Control System xavfsizligi bo’yicha yetakchi mutaxassislarimiz doimiy xavfsizlik auditi xizmatini ko’rsatishlari mumkin. Xalqaro kiberjinoyatchi guruhlar doimiy bunday tizimlarni nishonga olishadi shu sabab bunday tizimlarni mavsumiy auditdan o’tkazish zarur. SCADA tizimlari sanoat qurilmalari va jarayonlarini nazorat qilish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Tizim dasturiy ta’minot va apparat komponentlaridan iborat bo’lib, sanoat uskunasidan ma’lumotlarni masofadan va joyida yig’ish imkonini beradi. Biz aynan ushbu jarayonlarda 3-tomon aralashuvi va kibertahdidlarni oldini olishda yordam beramiz.
Mobile application security assessment
O’zbekiston hududida mobil qurilmalar va ularga xizmat ko’rsatuvchi milliy dasturiy ta’minotlar talaygina. Ular turli moliya, transport, aloqa almashinuvi, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalardir. Barcha bunday dasturlar shaxsga doir ko’plab ma’lumotlar bilan ishlash imkoniga ega va aynan shu sabab ularning xavfsizlik talablariga javob berishi, kiberjinoyatchilar ushbu dasturlardan jinoyat quroli yoki vositasi bo’lib xizmat qilishini oldindan aniqlash va bartaraf qilish juda muhimdir. Biz ana shunday muhim jarayonni amalga oshirishda dinamik va statik ko’rinishdagi turlicha xujumlarni amalga oshirib dasturiy ta’minotdagi ojizliklarning barcha toifalarini aniqlab bartaraf qilishda amaliy yordam beramiz.
Intrusion Detection and Prevention System (IDPS)
Infratuzilmaga bo’layotgan kiberxurujlarni aniqlash va oldini olishning avtomatlashtirilgan dasturiy va qurilmaviy jarayonini tashkillashtirish va sozlash. Bunda biz eng mashxur brendlar yechimlarini integratsiya qilish va ishga tushirishda amaliy yordam beramiz. CISCO, Juniper, Palo Alto, Check Point, SolarWinds, McAffe.
Social Engineering & Phishing testing services
Tashkilotingiz vazifalari bo’yicha ishlab chiqilgan fishing mashqlari orqali har bir xodimingiz kiberxurujlarga qanday tayyor ekanligini tekshiruvdan o’tkazasiz. Inson faktori eng ojiz nuqta hisoblanadi va shu sabab barcha xavfsizlik choralari xodimlaringiz kibergigienasi va ularni manipulyatsiya qilishni nazorat qilish bilan boshlanishi kerak.
Psixologik manipulyatsiya kiberjinoyatchilar tomonidan keng qo’llaniladigan taktikadir. Ma’lum tashkilotlar va kontaktlarga taqlid qiluvchi elektron pochta xabarlari va veb-sahifalarni yaratish orqali firibgarlar xavfli havolalarni bosish, zararli qo’shimchalarni ochish va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish uchun aldashni maqsad qiladi.
Bizning bu boradagi xizmatlarimiz tizimlaringiz va xodimlaringizning elektron pochta orqali fishing hujumlarini aniqlash va ularga javob berish qobiliyatini aniq baholash imkonini beradi. Tashkilotingiz uchun tayyorlangan aniq ssenariylarimiz, potensial xavflar haqida aniq ma’lumot taqdim etadi.
ISO 27001 Certification, Compliance & Audit
ISO 27001 axborot xavfsizligi uchun global standartdir. ISO27001 sertifikati yoki ISMS (Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi) sertifikati bilan siz axborot xavfsizligi talablariga javob berishingizni ko’rsatasiz. Malakali mutaxassislarimiz keng qamrovli hisobotlari orqali siz ushbu standartning to’liq xizmatlaridan foydalana olasiz.
Assessment of compliance of financial organizations with the requirements of the Regulations of the Central Bank of Uzbekistan
Moliyaviy xizmatlar va ularni amalga oshirishda Markaziy bankning talablariga rioya qilish, ta’minlash zarur. “Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga kiberxavfsizlikni ta’minlashga oid me’yorlar kiritilgach barcha tashkilotlar bu talablarni ham qonunan ham o’z tizimlarida amaliy ta’minlashlari zarur. Biz ushbu normativ xujjatlardagi talablarni yuqori bahoda tashkillashtirishda amaliy yordam beramiz.
Web Application Penetration Testing Service
Veb ilovalaringizni zamonaviy tahdidlarning eng yuqori kalibriga bardoshliligi tekshiriladi va o’n besh yillik xavfsizlik tajribasiga tayanib, zaifliklarning to’liq spektrini, jumladan, avtomatlashtirilgan yondashuvlar va kam, noaniq va e’tibordan chetda qolgan ojizlikga sabab bo’luvchi xatolarni ham yaqqol ko’rsatib beramiz. Ushbu xizmatimiz barcha uchun muqobil tariflarda bir martalik, mavsumiy va doimiy muddatlarda amalga oshirilishi mumkin. Har qanday sayt va veb ilovalaringiz xavfsizligini ichki va tashqi tomondan real kiberxujumchilar taktikalaridan foydalangan holda amalga oshirib aniqlash va ularga zamonaviy yechimlar taqdim qilishda amaliy natijalar taqdim etamiz.
Fuzzing As A Service | FTaaS
Fuzzing – dasturiy ta’minotga sekundiga minglab sinov ma’lumotlarini kiritib, dasturiy ta’minotdagi nosozliklarni topish uchun xizmat qiladi. Fuzzing testi katta miqdordagi yarim haqiqiy maʼlumotlarni taqdim etish orqali hech bir tester oʻylamaydigan xatolarni tezda aniqlashi mumkin. Kiberjinoyatchilarning yirik xujumlarida aks etgan ushbu jarayon, yirik dasturiy ta’minotlar va yechimlar ishlab chiquvchilar uchun juda muhimdir.
Firmware Security : Identify & Prevent Vulnerabilities
Secure by Design – bizda uchramaydigan lekin juda muhim jarayonlardan biri bo’lib, maxsulotning idea vaqtidagi holatiga xavfsizlik choralarini kiritishdir. Boshqaruv panelida va proshivkangizda keng qamrovli testni amalga oshiramiz, bunda siz yangilanishni tizimga o’rnatishdan oldin, unda oldindan aniq va ma’lum bo’lgan ojizliklarning mavjudligi, koddagi qoldirilgan backdoor, eski yoki takrorlangan xizmatlar, turli cheklovlar va chegaralovchi xizmatlarning o’z standarti kesimida ekani batafsil tekshiruvdan o’tkaziladi. SCADA/ICS tizimlarida bunday proshivkalar ahamiyati juda muhim, ulardagi qiymatlar va asosiy vazifalar o’zgarmasligini nazorat qilish kerak.
Bizning barcha xizmatlarimiz sizning talabingiz asosida qayta shakllantirilishi va bir martalik, mavsumiy yoki doimiy amalga oshirilishi mumkin.
Hamkorlarimiz uchun:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyat yurituvchi har qanday tashkilotlar bilan hamkorlikga tayyormiz.
Quyida shartnoma tuzish bosqichlari bilan tanishing:
Shartnoma
Bizda mavjud xizmat tariflari asosida ish boshlashdan oldin ikkala tomon roziligi bilan shartnoma shartlari kelishiladi va shartnoma tuziladi.
Buyurtmachi
Buyurtmachi bizga zarur maʼlumotlarni va resurslarga kirish huquqini (xizmat turiga oid qism) taqdim qilishi zarur.
Bizning vazifamiz
Tuzilgan shartnoma bo‘yicha barcha vazifalarni to‘laligicha yakunlash va yechim taqdim qilish. Xizmatlarimizni o‘z vaqtida va zararsiz taqdim qilamiz.