Doimiy o’tkaziladigan kiber turnir

Real masalalar va qat’iy qoidalarga asoslangan CTF turnirimiz, har chorakda va final bosqich ko’rinishida o’tkaziladi.

  • Karyerangiz uchun eng yaqin yo’l – Natijalaringiz sizni keyingi qadamlaringizni belgilab beradi.
  • Real Tajriba – Turnirdagi masalalardan siz juda ko’p bilim o’zlashtirasiz.
  • Sovrin Yutuqlari – G’oliblar qimmatbaho sovg’alarga ega bo’lishadi.

CYBER BRO – CTF

Kiberxavfsizlik sohasidagi O’zbekistonda doimiy o’tkaziladigan turnir.

Yakuniy CTF turnirida 30 ishtirokchi offlayn tarzda ishtirok etadi

Ishtirokchilar

Yakuniy offlayn turnirga kela olmagan ishtirokchilar o‘rniga boshqalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi

Sovrin jamg’armasi

Yutuqli sovrinlar miqdori turnir tashkilotchilari va hamkorlar tomonidan belgilanadi. Har bir turning sovrin jamg‘armasi bir-biridan farq qilishi mumkin. Turnir g‘oliblari homiylar tomonidan beriladigan sovg‘alar yordamida ham taqdirlanishi mumkin.

Baholash

Turnir davomida baholash, masalalar turiga qarab statik va dinamik tarzda amalga oshiriladi. Dinamik baholashda birinchi ishlagan ishtirokchi yuqori ball, keyingi ishtirokchilar mutanosib ravishda past ball olishadi.

Qoidalar

Har bir CTF turnirida olish mumkin bo‘lgan umumiy ballarning 70% dan ortiq qismini to‘plagan dastlabki 3 ta ishtirokchi yutuqli sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

CYBER-BRO STAND0FF

Tez orada bilimingizni  real kibermakonda sinab ko’rishingiz mumkin bo’ladi…